Odilxon Kamolovning keyingi jang sanasi va raqibi ma’lum
- 8-декабр 2025, 13:28
- Ahmadbek Eshmatov
- 0
- MMA
Xabaringiz bor, 19 dekabr kuni poytaxtimiz - Toshkent shahridagi "Humo arena" majmuasida "Octagon 83" turniri bo‘lib o‘tadi.
E’tiborlisi, unda hamyurtimiz Odilxon Kamolov (8-4) ham ishtirok etib, qozog‘istonlik Damir Raximjanov(2-0)ga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, Odilxon oxirgi jangida Turkmaniston vakili Xo‘jageldi Xojakovni 1-raunddayoq texnik nokaut evaziga mag‘lub etgandi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q