"Octagon 73" turniri. "Tayson" g‘alaba qozondi!
- 23-май 2025, 19:18
- Ahmadbek Eshmatov
- 0
- MMA
Ayni paytda Qozog‘istonning Olma-ota shahrida "Octagon 73" turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Hozirgina "Tayson" nomi bilan tanilgan o‘zbekistonlik Jasurbek Jo‘raev ishtirokidagi jang yakunlandi. Hamyurtimiz to‘liq davom etgan bahsda qirg‘izistonlik Nurdinbek Zohriddin uuluni ochkolar evaziga mag‘lub etdi.
Ma’lumot uchun, mazkur qarama-qarshilik "Tayson"ning professional faoliyatidagi ikkinchi jangi edi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q