“Nasaf” futbol maktabida A toifali murabbiylar soni ortdi
- 29-март, 08:44
- Oybek Yo’ldoshev
- 0
- Futbol
"Nasaf" futbol maktabi yurtimiz terma jamoalariga iqtidorli futbolchilar yetkazib berishda yetakchi maskanlardan biri hisoblanadi.
Ayni paytda futbol maktabida filiallardan tashqari yigirmadan ortiq murabbiy faoliyat olib bormoqda. Ularning 6 nafari Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)ning A toifasidagi litsenziyasiga ega edi.
Kuni kecha murabbiylar Nodir Halimov hamda Zafar Ochilov OFKning ushbu yo‘nalishdagi o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlab, A toifasidagi litsenziyaga ega bo‘lishdi.
Shu tariqa, Qarshi klubi futbol maktabida A toifali murabbiylar soni 8 nafarga yetdi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q