
MYu futbolchisi "Feyenoord"ga yo‘l olishi mumkin
"Feyenoord" "Manchester Yunayted"ning niderlandiyalik yarim himoyachisi Tait Chongga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi 1908.nl.
Manbaning xabariga ko‘ra, Niderlandiya klubi futbolchini yozgi transfer oynasida qo‘lga kiritish niyatida. Mankunianliklar kelishuvga rozi bo‘lishlari mumkin, chunki klub "Feyenoord" himoyachisi Tirell Malaziyaga qiziqmoqda.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli Chong "Feyenoord" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsum "Birmingem" safida ijara asosida o‘ynadi va barcha turnirlarda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar