Muҳammad Saloҳga yangi da’vogar chiqdi
- 2-январ, 10:27
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
Italiya chempionatida yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan “Roma” qishki transferlar davrida hujum chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan va ko‘p gol ura oladigan to‘purar qidiryapti.
Tutto Mercato nashri xabariga ko‘ra, Rim klubi “Liverpul” bosh murabbiy Arne Slot va klub rahbariyati bilan ziddiyatga borgan Muhammad Saloҳni ijaraga olish variantini o‘rganmoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, mersisaydliklar bo‘lib o‘tgan voqealardan keyin 33 yoshli futbolchini faqat joriy mavsum oxirigacha ijaraga jo‘natishga tayyor. Bunday variant “Roma”ni qoniqtirishi mumkin, ammo bitim amalga oshishiga to‘sqinlik qiladigan asosiy omilni hal qilish talab etiladi.
Bu Saloҳning juda yuqori maoshi masalasidir. Misrlik yulduz soliqlardan tashqari yiliga taxminan 24 million yevro mablag‘ oladi.
Joriy mavsumda Saloҳ barcha musobaqalarda 20 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. 2025 yil dekabr oyida tajribali hujumchi birorta uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushirilgani yo‘q.
Saloҳ 2017 yili "Liverpul"ga kelgunga qadar aynan "Roma" safida muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan.