Maykl Jordan: Men uni yaxshi ko‘rardim, Kobe ukamdek edi
- 27-январ 2020, 12:48
- 0
- Boshqalar
"Chikago" klubining afsonasi Maykl Jordan "Leykers"ning sobiq yulduzi Kobe Brayant xotirasini yod oldi.
"Hozirda, me his qilayotgan og‘riqni so‘zlar bilan ifodalab bo‘lmaydi. Men Kobeni yaxshi ko‘rardim, u huddi ukamdek edi," - dedi Jordan.
Eslatib o‘tamiz, Kobe Brayant va uning 13 yoshli qizi Janna Kaliforniyada vertolyot qulashi natijasida halok bo‘lishdi. Ulardan tashqari, vertolyotda yana 3 kishi bo‘lgan va hech kim omon qolmagan.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q