"Mash'al" yangi transferni e'lon qildi
- 18-феврал, 19:41
- Shuhratbek Jo’rayev
- 0
- Futbol
Muborakning "Mash’al" jamoasi 2026 yilgı mavsum oldidan tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda.
Klub matbuot xizmatining yozishicha, navbatdagi transfer hujum chizig‘iga to‘g‘ri keldi — tajribali markaziy hujumchi Izzatillo Abdulhaqov rasmən "gazchilar" safiga qo‘shildi.
23 yoshli futbolchi jamoa bilan shartnoma imzoladi va yaqin kunlarda umumiy mashg‘ulotlarga to‘liq qo‘shiladi.
Qisqacha ma’lumot:
• Amplua: markaziy hujumchi
• Yoshi: 23
• Bo‘yi: 1,78 m
Izzatillo Abdulhaqov "Mash’al"ga qo‘shilishidan avval Nukusning Aral jamoasi sharafini himoya qilib, o‘zining sermahsul o‘yini va muhim gollari bilan muxlislar e’tiborini qozongan edi.
Endilikda Izzatillo "Mash’al" sharafini himoya qiladi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q