Manchesterliklar qimmatbaho yulduziga narx belgiladi
- 15-апрел, 14:04
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
Angliya Premier-ligasidagi mavqeini ancha tiklab olgan “Manchester Yunayted” rahbariyati jamoa yarim himoyachi Manuel Ugarte uchun 35 million funt miqdorida narx belgiladi.
PSJdan 50 million funt evaziga o‘tganidan keyingi ikkinchi mavsumida Ugarte asosan zahira futbolchisi bo‘lib qoldi. Qimmatbaho futbolchi bu mavsum jami 915 daqiqa o‘ynab, Premier-ligada atigi yetti marta asosiy tarkibda maydonga tushgan.
Sky Sport Switzerland nashri ma’lumotiga ko‘ra, Ugarte “Yunayted”ning kelasi mavsum rejalariga kirmaydi.
Manchesterliklar futbolchi uchun narxni belgilab bo‘ldi va may oyidan boshlab, Ugartaga qiziqish bildirgan klublar bilan muzokaralarni boshlashga tayyor.
Shu bilan birga, Ugarte “Yunayted”ni tark etsa ham, Premier-ligada qolishi mumkin. Uni “Aston Villa” va “Nyukasl” jamoalari qo‘lga kiritishni istamoqda, shuningdek 24 yoshli urugvaylik futbolchi “Yuventus”ning ham diqqat markazida.
Ugartedan tashqari, manchesterliklar mavsum oxirida Kazemiro bilan xayrlashishini allaqachon tasdiqlagan, shu sababli yozda jamoa bir yo‘la ikki nafar yangi yarim himoyachini jalb qilmoqchi.