"Manchester Siti" yana bir yulduzni nishonga oldi
- 9-феврал, 23:06
- Улуғбек Хошимов
- 0
- Futbol
Angliyaning "Manchester Siti" klubi "Bavariya" vingeri Maykl Olisega xaridor bo‘lmoqda.
Myunxenning "Bavariya" klubi yulduzi Maykl Olise Angliya Premier-ligasining grandlari nazariga tushdi. Xabarlarga ko‘ra, fransiyalik futbolchining xizmatlariga "Manchester Siti" va "Chelsi" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ikki jamoa ham Olise uchun yozgi transferlar bozorida kurashishga tayyor. "Bavariya" o‘z yulduzi uchun 150 million talab qilmoqda. Fransiyalik futbolchining myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga yetadi.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli futbolchi joriy mavsumda umumiy 33ta uchrashuvda maydonga tushib, 13ta gol va 24ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q