
“Liverpul”ning omadsiz legioneri ortga qaytadigan bo‘lyapti
Italiyada bir necha mavsum davomida “Fiorentina” va “Yuventus” klublari sharafini munosib himoya qilgan Federiko Keza katta umidlar bilan Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tgandi.
“Liverpul” rahbariyati bir yil avval italiyalik hujumkor futbolchini 12 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgandi. Biroq, 27 yoshli o‘yinchi Angliya futboliga to‘liq moslasha olmadi.
Endi Federiko A Seriyaga qaytishni orzu qilmoqda. Bu haqida Fabritsio Romano xabar tarqatdi.
“Liverpul” Angliya Premer-ligasida g‘olib chiqqan mavsumda Keza jami to‘rtta musobaqada atigi 14 ta o‘yin o‘tkazdi, ikkitadan gol va assist qayd etdi. Shu o‘yinlardan chempionatga faqat oltitasi to‘g‘ri keldi.
Italiyalik futbolchi o‘zi berilayotgan o‘yin vaqtidan norozi va muhitni o‘zgartirishga qaror qildi. Transferlar bo‘yicha ekspertlar Federiko Kezani “Milan” ijaraga olishi mumkinligini ta’kilamoqda.
Fikrlar