
"Liverpul" Diasga narx belgiladi
Myunxenning "Bavariya" klubi "Liverpul" vingeri Luis Diasni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. "The Athletic" nashrining xabariga ko‘ra, nemis grandi kolumbiyalik futbolchi uchun 67,5 million evro taklif qilgan, ammo bu taklif darhol rad etilgan.
"Liverpul" Diasni bu narxda sotish niyatida emas va uni 100 million evroga baholamoqda. Shu bilan birga, futbolchining o‘zi klubni tark etish istagini bildirgan.
2023/24 yilgi mavsumda Luis Dias Angliya Premer-ligasida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar