
Koutino qadrdon jamoasiga qaytdi
"Aston Villa" 32 yoshli yarim himoyachi Filippe Koutinoni Braziliyaning "Vasko da Gama" klubiga bir mavsumlik ijara asosida o‘tganini tasdiqladi.
Koutino o‘tgan mavsumni Qatarning "Al-Duhail" klubida o‘tkazdi. Uning ingliz klubi bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Qatar chempionatida braziliyalik futbolchi 16 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, Koutino "Vasko da Gama" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Fikrlar