
KO‘JCh. PSJni mag‘lub etgan "Botafogo" o‘z yurishini pley-offda to‘xtatdi
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati pley-offning ilk bahsida Braziliyaning ikki klubi "Palmeyras" va "Botafogo" klublari o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvda nominam mezbon hisoblangan "Palmeyras" klubi yagona gol evaziga g‘alabani ilib ketgan holda, chorak finalga yo‘l oldi.
Bellashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmagach, jamoalar qo‘shimcha bo‘limga yo‘l oldi. Uchrashuvning 110-daqiqasiga kelib Paulo Enrike Sampayo Filo hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Bu gol esa o‘yin taqdirini hal qilgan holda, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi.
"Palmeyras" endi chorak finalda "Benfika" va "Chelsi" g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
Fikrlar