
Jiruning Mbappe bilan ziddiyatlari bormi?
- 5-декабр 2022, 12:35
- Makhmudov Jamshidbek
- 0
- Futbol
Frantsiyalik hujumchi Olive Jiru jahon chempionati 1/8 finali doirasidagi Polsha bilan o‘yindan (3:1) keyin Kilian Mbappe bilan munosabatlari haqida gapirdi.
Avvalroq matbuotda o‘yinchilar o‘rtasida ziddiyat borligi xabar qilingan edi.
«O‘yin boshida Kilianning bir yoki ikkita uzatmasini golga aylantira olmaganimdan xafaman. Men bu gollarni urishni xohlagan edim.
Hammasi ajoyib, u meni chiroyli assistlari bilan juda ham qulay vaziyatlarga chiqarib yuboradi. Oramizda hech qanday ziddiyat yo‘q. Bizning bir tarkibda o‘ynayotganimizdan ko‘nglimiz to‘q», - deya Jiruning so‘zlaridan iqtibos keltirdi "beIN Sports".
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q