JCh-2026 saralash: BAAning O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi terma jamoalariga qarshi o‘yinlar uchun tarkibi e’lon qilindi
- 26-май 2025, 05:13
- Karim Xudayqulov
- 0
- Futbol
Xabaringiz bor, bir necha kundan so‘ng JCh-2026 saralash bosqichi doirasida A guruhida navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Birlashgan Arab Amirliklarining 9 va 10-turda O‘zbekiston hamda Qirg‘iz Respublikasi terma jamoalariga qarshi bahslari uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi.

Ma’lumot uchun, 5 iyun kuni Temur Kapadze boshchiligidagi "oq bo‘rilar" BAAga qarshi maydonga tushadi. Agar ushbu bahsda jamoamiz g‘alaba qozonsa, JCh–2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q