Jalolov yarim finalda!
- 27-май 2025, 17:55
- Ahmadbek Eshmatov
- 1
- Boks
Xabaringiz bor, 24 maydan 1 iyungacha Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.
Bugun ham bokschilarimiz chorak finalda o‘z uchrashuvlarini o‘tkazishi belgilangandi.
-80 kg da ishtirok etayotgan Samandar Jalolov janubiy koreyalik Kim Minseongga qarshi kurash olib bordi. To‘liq 3 raund davom etgan to‘qnashuvda vakilimiz raqibga hech qanday imkon qoldirmadi. Jalolov 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.
Shu tariqa bugun ringga ko‘tarilgan 6 nafar hamyurtimizdan 5 nafari yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q