Jahon chempionati. Medallar jamg‘arishda hamon peshqadammiz!

  • 29 avgust, 13:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Bolgariya poytaxti Sofiya shahri dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.   

Tecno

Dunyo birinchiligining ikkinchi kuni ham 4 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Dilshod Karimov qo‘lga kiritgan bronza medalidan keyin O‘zbekiston terma jamoasi hisobidagi medallar soni 4 taga etdi. 

Bu borada umumjamoa hisobida hamon birinchi o‘rinni egallab turibmiz. Ikkinchi o‘rinni IJF bayrog‘i ostida kurashayotgan rossiyalik dzyudochilar 2 ta oltin, 2 ta bronza medali bilan band etishgan. Bitta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medaliga ega Qozog‘iston uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!