Ispanlar Xitoy futbolini rivojlantiradi
- 7-феврал, 15:23
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
Ispaniya va Xitoy futbolni rivojlantirish bo‘yicha strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Madrid shahrida tashkil etilgan X Ispaniya-Xitoy Forumi doirasida Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi (RFEF) prezidenti Rafael Luzan, La Liga rahbari Xavier Tebas va Xitoy futbol assotsiatsiyasi prezidenti Sun Kay o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolandi.
Ushbu hujjatlar ikki davlat o‘rtasida kadrlar tayyorlash va xalqaro tadbirlarni tashkil etish borasidagi hamkorlikni kuchaytiradi.
Mazkur kelishuvlar orqali Ispaniya futboli o‘z xalqaro aloqalarini mustahkamlamoqda. Bu ayniqsa, Ispaniya terma jamoasi FIFA reytingida peshqadamlik qilayotgan va mamlakat 2030 yildagi jahon chempionati mezbonligi uchun asosiy nomzod bo‘lib turgan bir vaqtda tajriba almashish uchun katta imkoniyatdir.
Ispaniya va Xitoy futbol tashkilotlari texnik va professional almashinuv dasturlarini rivojlantirishga kelishib oldilar. Bunda asosiy e’tibor quyidagilarga qaratiladi:
Bolalar va o‘smirlar futboli;
Ma’lumotlar tahlili;
Yirik xalqaro turnirlardagi hamkorlik;
Translyatsiya huquqlari va texnologik ilovalar;
Jamoatchilik bilan aloqalar.
- Terma jamoamiz muvaffaqiyatlari ortida ulkan iste’dod va mehnat yotibdi. Bugungi kunda dunyo bo‘ylab 70 000 dan ortiq ispan murabbiylari faoliyat yuritmoqda va ular futbolimiz elchilari hisoblanadi. Xitoy bilan imzolangan hujjatlar ularning faoliyatini yanada kengaytirishga xizmat qiladi, - dedi Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi (RFEF) prezidenti Rafael Luzan.