Ispaniya Superkubogining taqvimi e’lon qilindi
- 8-октябр 2025, 01:55
- Bilolbek Imomov
- 0
- Futbol
Ispaniya Futbol federatsiyasi Ispaniya Superkubogi musobaqasining taqvimini e’lon qildi.
Turnir Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu mamlakat beshinchi marta ketma-ket Ispaniya Superkubogiga mezbonlik qiladi.
7 yanvar kuni yarim finalda "Barselona" va "Atletik" to‘qnash keladi. "Real" va "Atletiko" o‘rtasidagi bahs esa 8 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Final bellashuvi esa 11 yanvar sanasiga belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi chempion — "Barselona".
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q