Islom Maxachev: "Maddalena bilan bahs ancha qiyin kechishi aniq"
- 26-июн 2025, 12:46
- Ahmadbek Eshmatov
- 0
- MMA
UFC jangchisi Islom Maxachev (27-1) yarim o‘rta vaznda amaldagi chempion Jek Della Maddalena(18-2)ga qarshi bo‘lajak jang haqida gapirdi.
"Maddalena bilan bahs ancha qiyin kechishi aniq. Uning Belal Muhammad bilan jangini kuzatdim. Jek karerasining boshida kurash bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan, ammo u hozir ancha yaxshilangan. Dellaning kuchli polvonlar va grepplerlar bilan mashg‘ulot o‘tkazayotganini ko‘rdim. U har tomonlama xavflilashib bormoqda. Biroq tez orada biz dunyoning eng yaxshi jangchisi kim ekanini bilib olamiz" - dedi rossiyalik.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev va Maddalena qarama-qarshiligi kuzda o‘tkazilishi xaqida xabarlar mavjud.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q