
Himoyachi "Real" tibbiy ko‘rigidan o‘tishga tayyor
Din Xausen yaqin 24 soat ichida "Real Madrid"da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Bu haqda "Sky Sports" jurnalisti Mark Makadam xabar bermoqda.
Din "Bornmut"ga evrokuboklar uchun kurashda yordam berishi uchun kelishuv imkon qadar tezroq imzolanishini istaydi. 20 yoshli himoyachi jamoaning so‘nggi ikki o‘yinida maydonga tushishni istamoqda. U shu tariqa klubga hurmat ko‘rsatmoqchi.
Ma’lumot uchun, "Bornmut" 53 ochko bilan APL jadvalida 10-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar