Flik: "Barselona" 2025 yilda katta progress qildi"

  • 3 aprel, 15:02
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya kubogi yarim finalida "Atletiko"ni 1:0 hisobida mag‘lub etgandan keyin jamoaning so‘nggi vaqtlardagi o‘sishi haqida fikr bildirdi. 

Tecno

"Biz jasur o‘yin namoyish etdik. Faqat bitta gol urdik, lekin bu bizga finalga chiqish uchun etarli bo‘ldi. Har bir futbolchi bu natijadan g‘ururlanishi kerak."

Flik "Atletiko" maydonida g‘alaba qozonishning qiyinligini ta’kidlab, o‘z shogirdlarining so‘nggi oyda katta o‘sishga erishganini aytdi:

"Biz yaxshi ishladik. So‘nggi bir oy ichida ancha kuchaydik. Rojdestvo tanaffusidan keyin jamoa ancha katta progress qildi. Futbolchilar biz tanlagan uslubga ishona boshladi" - deya o‘z fikrlar bilan o‘rtoqlashdi germaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot o‘rnida, Flik boshchiligidagi "ko‘k-anorranglilar" 26 aprel kuni Karlo Anchelottining "Real"i bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!