
Eddi Xirn: "Joshua dastlab, Daniel Dyubua bilan revansh o‘tkazadi, keyin esa..."
- 16-декабр 2024, 13:59
- Ahmadbek Eshmatov
- 0
- Boks
Taniqli promouter Eddi Xirn boks yulduzi Entoni Joshuaning kelajagi haqida gapirib o‘tdi.
"Joshua kelasi yili ringga qaytadi. Karerasini tugatishga oz muddat qolgani bois u o‘tkinchi janglarga vaqt sarflamoqchi emas. Entoni dastlab, Daniel Dyubua bilan revansh, keyin esa Tayson Fyuri bilan jang o‘tkazishni istamoqda”, — dedi Xirn "talkSPORTS" ga.
Eslatib o‘tamiz, Joshua oxirgi jangida Dyubuadan 5-raundda nokautga uchragan edi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q