Dilshod Rahmatov O'FF terma jamoalar bilan ishlash departamenti boshlig'i bo'ldi
- 2-апрел, 15:04
- Oybek Yo’ldoshev
- 0
- Mini-futbol
O‘FF tarkibiy qismida o‘zgarish bo‘ldi.
Shu kunga qadar O‘zbekiston futzal federatsiyasi terma jamoalar bilan ishlash departamenti boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Zuparov Rustam Okuldjanovich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. O‘FF rahbariyati Rustam Zuparovga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilaydi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston milliy terma jamoasining tajribali futzalchisi, jamoa sardori, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan Dilshod Sherbo‘taevich Raxmatov O‘FF terma jamoalar bilan ishlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston futzal federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q