
Di Maria Ronaldu va Messining farqi nimada ekanini aytdi
"Benfika" futbolchisi Anxel di Maria Krishtianu Ronaldu va Lionel Messining o‘rtasidagi farq haqida gapirdi.
"Krishtianu o‘zida menhnat, mehnat va yana mehnatni ifodalaydi. Messi- haqiqiy talant, hudo tarafidan unga berilgan in’om. Unga hech qanday o‘z ustida ishlash kerak emas. U shunchaki bu ishda eng zo‘ri. Mana shuning uchun ularning orasidagi farq juda katta. Leoni hech kim bilan solishtirib bo‘lmaydi",-dedi argentinalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Anxel Ronaldu bilan "Real Madrid"da, Messi bilan Argentina milly terma jamoasida to‘p tepgan.
Fikrlar