Chempionlar ligasiga chiqolmasak, uchalang ketasan!
- 12-апрел, 08:04
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
Italiyaning eng mashhur klublaridan hisoblangan “Yuventus” agar joriy mavsum yakunlariga ko‘ra agar UEFA Chempionlar ligasiga chiqolmasa, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash uchun yozda uch nafar futbolchini sotishga majbur bo‘ladi.
Bu haqida La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, turinliklar yarim himoyachi Kefren Tyuram-Yulen, himoyachilardan Pyer Kalyulyu va Gleyson Bremer bo‘yicha transfer takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor.
Chempionlar ligasidan chetda qolish “Yuventus”ning transfer siyosatiga ham qattiq zarba bo‘ladi. Chunki klub o‘zi anchadan beri ko‘zlab yurgan “Liverpul” darvozaboni Alison Beker va “Manchester Siti” sardori Bernardu Silva transferini amalga oshira olmaydi.
A Seriyadan jami to‘rt jamoaga Chempionlar ligasi yo‘llanmasi beriladi. Musobaqa jadvalida “Inter”, “Napoli” va “Milan” qolgan jamoalardan o‘zib ketgan. To‘rtinchi o‘ringa “Komo”, “Yuventus”, “Roma” va “Atalanta” futbolchilari da’vogarlik qilmoqda.