“Chelsi” La Ligadan top-murabbiyni olib keladigan bo‘ldi
- 23-апрел, 09:14
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
Joriy mavsum davomida bosh murabbiy almashtirgan “Chelsi” yana yangi mutaxassis qidirmoqda. Liam Rosenyorning faoliyati klub rahbariyatini to‘liq qoniqtirmagani uchun ishdan bo‘shatildi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Chelsi” argentinalik mutaxassis Diego Simeoneni bosh murabbiy etib tayinlash imkoniyatini o‘rganmoqda.
Hozirda Simeone “Atletiko Madrid” jamoasini boshqaradi va Liam Rosenyor o‘rniga asosiy nomzod hisoblanadi. Bu haqida The Sun xabar berdi.
Rosenyor qo‘l ostida klub jiddiy inqirozga duch kelgan: jamoa Premier-ligada ketma-ket beshta o‘yinni gol urmasdan yutqazgan. Ayniqsa, jamoaning Chempionlar ligasiga chiqolmaslik xavfi tufayli muammolar chuqurlashib bormoqda.
Simeone yozda jamoasini almashtirishi mumkin. Shuningdek, ro‘yxatda boshqa tajribali murabbiylar ham bor, ammo ayni paytda ustunlik aynan argentinalik mutaxassisga berilmoqda.
Simeone “Atletiko”ni 2011 yildan beri boshqarib kelmoqda. Rosenyor esa “Chelsi” bosh murabbiyi sifatida eng qisqa fursat – 104 kun ishlagan mutaxassis sifatida tarixda qoldi.