Angliyaning eng badavlat klublaridan “Chelsi” Premier-liganing 31-turida “Everton”mehmoni bo‘lib, raqibga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Shu tariqa, londonliklar barcha musobaqalarda ketma-ket to‘rtta o‘yinda yutqazdi va to‘plar nisbati 2:12 ko‘rinishiga keldi.
Bu seriya Liga chempionlarining 1/8 finalida “Pari Sen-Jermen”ga qarshi birinchi o‘yinda 2:5 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshlangan. Shundan so‘ng, “Chelsi” APLda “Nyukasl Yunayted”ga 0:1 hisobida yutqazdi. Javob o‘yinida parijliklar yana uchta javobsiz gol urdi, xuddi shunday holat “Everton”ga qarshi o‘yinda ham takrorlandi.
Hozirda “Chelsi” 48 ochko bilan Angliya Premier-ligasi turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.
“Aristokratlar”ga mavsum davomida bosh murabbiyni alishtirgani ham yordam bermadi. Yangi bosh murabbiy Liam Rosenyor ham jamoani inqirozdan olib chiqolmayapti.