"Bashakshexir" bosh murabbiyi hujum chizig‘ini tanqid qildi!

  • 7 dekabr, 15:19
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiya Superligasining 15-turida "Istanbul Bashakshexir" o‘z uyida "Fenerbaxche" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Bahsdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Nuri Shaxin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Uchrashuvda g‘alaba qozona olmaganimizdan xafsalamiz pir bo‘ldi. Jamoa biz xohlagan hamma narsani qildi. Men o‘z shogirdlarimdan mamnunman. Ammo bu kabi o‘yinlarda g‘alaba qozonishimiz kerak. "Fenerbaxche"ni juda hurmat qilaman, lekin bugun ularga qarshi bahsda g‘alaba qozonish uchun maydonga chiqqan edik. Bu maqsadimiz ish bermadi, lekin kuchli jamoa qurishda davom etamiz. Siz hujum chizig‘ida qanchalik sovuqqon bo‘lsangiz, shunchalik yaxshi harakat qilasiz. Agar bugun tanqid qiladigan narsa bo‘lsa, bu mana shu holat", — dedi mutaxassis.

Ma’lumot uchun, ushbu o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Eldor Shomurodov va Abbos Fayzullaev asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!