
"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Braziliya klubiga ijaraga berildi
Artur "Yuventus"dan "Gremio"ga o‘tdi.
Turin klubi 29 yoshli yarim himoyachining Braziliya klubiga ijara asosida o‘tganligini e’lon qildi.
Artur "Gremio" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2010 yildan 2018 yilgacha ushbu klub tizimida bo‘lgan, so‘ngra "Barselona"ga o‘tgan va keyinchalik "Yuventus"ga yo‘l olgan.
O‘tgan mavsumda futbolchi "Jirona"da, undan avvalgi mavsumda esa "Fiorentina"da ijara asosida to‘p tepgan.
Fikrlar