
"Barselona": O‘zingga kelmasang, katta ko‘cha!
“Barselona” yarim himoyachisi Rafinya yana Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin.
Diario Sport nashrining xabar berishicha, “ko‘k-anorranglilar” rahbariyati braziliyalik futbolchi o‘z imkoniyatlari darajasida to‘p surmayapti va kutilgan samarani bermayapti deb hisoblamoqda. Shu sababli agar Rafinya mavsum oxiriga qadar o‘zini ko‘rsatmasa, kataloniyaliklar yozgi transferlar davrida uni sotib yuborishlari mumkin.
Braziliya terma jamoasi a’zosiga esa APLning ikki grandi – “Chelsi” va “Nyukasl”dan jiddiy qiziqishlar mavjud. Biroq Rafinya “Barsa”dan ketishni xohlamaydi.
Rafinya joriy mavsum Ispaniya La Ligasida jami 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
Fikrlar