“Barsa”: Shu yulduzni olmasak bo‘lmaydi!
Ispaniya chempionatida g‘olib chiqqan “Barselona” kelasi mavsum oldidan tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishni mo‘ljallamoqda.
Klub mutasaddilari kerakli o‘yinchilar ro‘yxatini tuzib qo‘ygan.
Jurnalist Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar asosiy nishonlar qatoriga “Liverpul” hujumchisi Luis Diasni ham qo‘shdi.
“Barselona” kolumbiyalik futbolchi qimmat turishiga qaramay, uni Kataloniyaga ko‘chirib kelishga urinib ko‘radi. Tomonlar o‘rtasida dastlabki muzokaralar o‘tkazildi.
Ispaniya chempioni Angliya Premer-ligasi g‘olibini qo‘lga kiritish uchun Saudiya Arabistonining badavlat klublari bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.
Transfer bo‘yicha ekspertlarning ta’kidlashicha, “Liverpul” xo‘jayinlari 28 yoshli hujumchini 75 million evrodan kamiga qo‘yib yubormaydi.



Fikrlar