
“Barsa” katta transferga qo‘l urmoqda
“Barselona” yangi bosh murabbiy Xans-Diter Flikni katta transfer bilan qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi.
Ispaniyalik jurnalist Xose Alvaresning yozishicha, kataloniyaliklar yozda katta transferni amalga oshirishga bel bog‘lagan.
Hozircha, kataloniyaliklar ikki futbolchini nishonga oldi. Ular jamoaga “Atletik” yulduzi Niko Uilyams va “Liverpul” vakili Luis Diasdan birini olib kelmoqchi.
Bu ikki o‘yinchini “Barselona” sport direktori Deku tanlagan. “Atletik” 21 yoshli o‘yinchisining shartnomasiga uni 50 million evro miqdorida badal evaziga transfer qilish mumkinligi haqida band kiritgan.
“Liverpul”ning 27 yoshli hujumkor futbolchisi Luis Dias esa, 75 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar