Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston kubogi start oldi
- 22-октябр 2025, 19:36
- Ahmadbek Eshmatov
- 0
- O'zbek sporti
Bugun Yangi Namangan tumanidagi “Pahlavon” sport majmuasida sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mutasaddi rahbarlar, sport faxriylari ishtirok etib, sportchilarga omad va muvaffaqiyatlar tiladilar.
Mazkur musobaqada respublikamizning barcha viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Toshkent shahridan tashrif buyurgan iqtidorli gimnastikachilar jamoaviy va yakkalik bahslarida o‘zaro kuch sinashmoqdalar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar berdi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q