Arteta: "Sautgempton"ni tabriklayman, endi jamoa xarakterini ko‘rsatishi shart"
- 5-апрел, 14:34
- Bilolbek Imomov
- 0
- Futbol
“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta “Sautgempton”dan 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat va Angliya Kubogidan chiqib ketishga munosabat bildirdi.
"Avvalo, “Sautgempton”ni tabriklash kerak, ular “Uembli”ga yo‘l oldi, biz esa yo‘q.
Bizda juda yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi, ammo ulardan foydalana olmadik. O‘tkazib yuborgan gollarimiz esa bizning darajamizga mos kelmaydi. Aynan shu sabab mag‘lub bo‘ldik.
Uzun uzatmalarga qarshi to‘g‘ri harakat qila olmadik, bu juda g‘alati holat. Birinchi bo‘limda to‘p himoya chizig‘imiz orasidan o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ydik va raqib birga-bir vaziyatga chiqdi. Ikkinchi gol ham deyarli shu tarzda o‘tkazib yuborildi. Buni izohlash juda qiyin. Ammo raqibga munosib baho berish kerak.
Mavsum turli bosqichlardan iborat, ayrim davrlar turli sabablarga ko‘ra boshqalariga nisbatan qiyinroq kechadi. Qator ikkita ko‘ngilsiz natija qayd etdik va endi o‘zimizni qo‘lga olishimiz kerak. Aynan hozir jamoa qanday xarakterga ega ekanini ko‘rsatishi lozim. Maydondagi o‘yinimiz o‘z so‘zini aytishi shart", — dedi Arteta BBC’ga bergan intervyusida.