
"Arsenal" sobiq futbolchisi uchun 56 mln evro berishga tayyor
Gollandiya klubining 21 yoshli futbolchisi Daniel Malen "kanonirlar" qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Arteta jamoa hujumini londonliklar akademiyasi tarbiyalanuvchisi Daniel Malen kuchaytira olishiga ishonmoqda. "Arsenal"dan tashqari "Milan" ham niderlandiyalik yosh iqtidor egasini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda.
Ma’lumot uchun, Malen joriy mavsum barcha musobaqalarda 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol va 9 ta samarali uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar