Argentina terma jamoasining muvaffaqiyat siri nimada? Alan Shirer javob berdi

  • 14 dekabr, 2022, 13:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyalik futbol afsonasi Alan Shirer Argentina terma jamoasining o‘yinidan hayratda qoldi. Lionel Skaloni shogirdlari JCh-2022 yarim finalida Xorvatiya terma jamoasi darvozasiga javobsiz uchta gol urishdi. Shirerning fikricha, Skaloni o‘z o‘yinchilariga maydondagi o‘zaro munosabatlardan chinakam zavq olishga o‘rgata oldi, bu Argentina terma jamoasi natijalarida ham o‘z aksini topdi.

Tecno

“Argentina terma jamoasi murabbiyi Messining eng yaxshi o‘yinlarini ko‘rsatish imkoniyatini topdi. Bundan tashqari endi ularda Alvares bor. Ular juda kuchli jamoani shakllantira oldi. Ular birga o‘ynashdan zavqlanishadi va maydonni tark etishni xohlashmaydi”, - Shirer BBC Radio 5 ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Argentina jahon chempionatlari tarixida yarim finalda gol o‘tkazmagan holda yirik hisobda g‘alaba qozongan ilk terma jamoaga aylandi. Endi ular 18 dekabr kuni Frantsiya - Marokash juftligi g‘olibiga qarshi chempionlik uchun final uchrashuvida maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!