Anvar Anvarov Brilliant liga turnirida g‘alaba qozondi

CHERY AUTO

Shveytsariyaning Lozanna shahrida engil atletika olamidagi nufuzli turnirlardan biri Brilliant liga musobaqasining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan hamyurtimiz Anvar Anvarov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Yurtdoshimiz musobaqada 7.84 metr bilan eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. Ikkinchi o‘rindan mezbon sportchi Simon Exammer (7.72 metr) joy olgan bo‘lsa, yamaykalik 2019 yilgi jahon chempioni Tejey Geyl (7.71) bronza medali bilan taqdirlandi.

Shu tariqa, Anvar Anvarov Safina Sadullaevadan keyin Brilliant liga turnirlarida g‘alaba qozongan o‘zbekistonlik ikkinchi atletga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!