
Ana xolos: UFC kamari o‘g‘irlab ketildi
Noma’lum shaxs UFC sobiq chempioni Genri Sexudodan birinchi kamarni o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda sportchining prodyuseri Dillon Rash xabar berdi.
"Kecha tongga yaqin soat 04:45 da Genrining studiyasiga kimdir bostirib kirib, divanda uxlayotganimda uning birinchi UFC kamarini o‘g‘irlab ketdi. O‘shanda men uyg‘onib, ikki daqiqacha o‘sha erda turgan yigitni kuzatgandim. Qorong‘i bo‘lgani uchun uni Genri deb o‘ylabman. Keyin gursullagan ovozni eshitdim, javon qulab tushdi va yigit yugurib chiqib ketdi" - deb yozdi Rush ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Avvalroq, Genri Sexudo qo‘shnisining uyiga bostirib kirgan huquqbuzarni qo‘lga olgani ma’lum bo‘lgan edi.
Fikrlar