
Ali Abdel-Aziz UFC rahbariga qarshi chiqdi!
Engil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachevning menejeri Ali Abdel-Aziz UFC rahbari Dana Uaytning Jon Jons vazn toifasidan qat’i nazar, eng zo‘r jangchi ekani haqidagi so‘zlariga qarshi chiqdi.
“Islom o‘zining so‘nggi sakkiz raqibidan ettitasini muddatdan avval taslim qildi. Bu amerikalikka nisbatan hurmatsizlik emas. To‘g‘ri, Jons ajoyib yigit, ammo u kurasha olmaydigan Siril Gan va bobo deb hisoblash mumkin bo‘lgan Stipe Miochichni mag‘lub etdi. Shu bois Dananing gaplariga qo‘shilmayman” — deb menejerning so‘zlarini keltirmoqda "MMAJunkie".
Eslatib o‘tamiz, 18 yanvar kuni Maxachev (26-1) "UFC 311" turnirida Arman Tsarukyan(22-3)ga qarshi jang qiladi.
Fikrlar