
Ali Abdel-Aziz: "Islom Maxachevni gorillaga o‘xshataman"
Taniqli menejer Ali Abdel-Aziz engil vazn toifasida UFC ning amaldagi chempioni Islom Maxachevga yuqori baho berdi.
“Maxachev juda zo‘r jangchi. Hozir u bilan kurashib ko‘rishga da’vogarlar ko‘paymoqda. Biroq ular Islom bilan oktagonga kirmaguncha adashganini bilmaydi. Maxachevni gorillaga o‘xshataman. Ya’ni odamlar uning qanchalik kuchli ekanini hozirga qadar ham anglamadi” - deb yozdi Abdel-Aziz ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, Islom "UFC 311" turnirida braziliyalik Renato Moykanoni birinchi raunddayoq sabmishn orqali mag‘lub etgandi. Rossiyalik ayni damda 14 ta jangdan iborat g‘alabali seriyasini davom ettirmoqda.
Fikrlar