Robbenga Yaponiyadan taklif bo‘lmoqda

  • 29 yanvar, 2019, 15:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi vingeri Aren Robbenga Yaponiyadan taklif bo‘lmoqda. Bu haqda Sports Nippon nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 35 yoshli gollandiyalik futbolchining xizmatlariga “Tokio” klubidan jiddiy qiziqishlar mavjud. Kunchiqar yurt jamoasi Robbenni mavsum yakunlangach, aniqrog‘i uning “Bavariya” bilan shartnomasi yakunlangach erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Robbenga Eyndxovenning PSV klubidan ham qiziqishlar bo‘layotgani va uning o‘zi ham ushbu jamoaga o‘tishga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Robben “Bavariya” sharafini 2009 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 305ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 143ta gol hamda 101ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Qayd etish lozimki, ayni damda Yaponiya chempionatida Fernando Torres va Andres Inesta kabi futbol yulduzlari to‘p surishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!