
Kafu "yangi Ronaldu" kimligini aytdi
Braziliya terma jamoasi va “Milan” sobiq futbolchisi Kafu Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisiusni yangi Krishtianu Ronaldu bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.
– Vinisiusni “Real”da yorqin kelajak kutmoqda, biroq u hali yulduz emas. Ayni damda uni Krishtianu Ronaldu bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Krishtianu bu Krishtianu. U “Real” tarixiga o‘z nomini yozib ketdi va klub bilan yutishi mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni yutgan.
– Vinisiusda uning o‘rnini egallash uchun iqtidor bor. U yangi Ronaldu bo‘lishi mumkin, ammo buning uchun undan ko‘p kuch va vaqt talab qiladi, – deya Kafuning so‘zlarini keltiradi AS nashri.
Ronaldu “Real” tarkibida 2009-2018 yillarda to‘p surgan. O‘tgan yoda portugaliyalik futbolchi “Yuventus”ga o‘tib ketdi. Ronaldu madridliklar bilan 4 marta EChLda zafar quchgan.
Fikrlar