
Zo‘r o‘ynasang, xaridoring ko‘p bo‘ladi. Bir futbolchini beshta grand talashmoqda
“Bayer” yarim himoyachisi Florian Virts kelasi mavsumni Angliya premer-ligasi yoki Ispaniya La Ligasida boshlashi mumkin.
20 yoshli futbolchi Germaniya futbolining eng yorqin iste’dodlaridan hisoblanadi va anchadan beri grand klublar nishonida turibdi.
Taniqli insayder Floriana Plettenbergning ma’lum qilishicha, Florian Virts uchun “Real”, “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Liverpul” da’vogarlik qilmoqda. Bundan tashqari, “Bavariya” rahbariyati ham uni Bundesligada olib qolish harakatida.
Florian Virtsning o‘zi bor e’tiborini “Bayer” bilan chempionlikka erishishga qaratgan. Leverkuzenliklar bu mavsumni juda muvaffaqiyatli o‘tkazmoqda va “Bavariya”ning gegemonligini sindirishga harakat qilyapti.
“Bayer” o‘z etakchisini qo‘yib yuborishga shoshilmayapti. Qolaversa, klub bu o‘yinchi uchun kamida 100 million evro talab qiladi.
Fikrlar