Zoir Jo‘raboev: "Terma jamoamiz to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda"

  • 10 iyun, 2024, 15:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

JCh-2026 saralash bosqichi doirasida Tojikiston terma jamoasi 11 iyun kuni Dushanbeda Pokiston terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Bugun uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda bosh murabbiy bilan birga “Neftchi” futbolchisi Zoir Jo‘raboev ham ishtirok etdi. U jumladan shunday dedi:

"Avvalambor, muxlislarimiz oldida uzr so‘ramoqchi edim. Iordaniyaga qarshi safardagi o‘yinimizda bizdan yaxshi natija kutishgandi. Ming afsuski, ularning ishonchini oqlay olmadik. Biroq muxlislarimizga aytmoqchimanki, terma jamoamiz to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda.

Nimaga bunday deyapsiz deb so‘rasangiz, Osiyo Kubogida va jahon chempionati saralash bosqichida kulchi jamoalar – Qatar, Iordaniya, Saudiya Arabistoni kabi termalar bilan o‘ynadik. Safardagi uchrashuvlarda biz kuchsiz emasdik. Shunchaki, raqiblar bizning oddiy, mayda xatolarimizdan foydalanib ketdi. Biz esa o‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. 

Hozir ba’zi muxlislar Pokiston bilan o‘yin biz uchun qiziqarli emasligi haqida aytishyapti. Meni ishqibozlardan katta iltimosim bor: bunday qiyin paytda jamoamizni qo‘llab turishlarini xohlardim. Umid qilamanki, ularning ishonchini qaytaramiz va terma jamoamiz shunchaki emas, balki vatanimiz sha’ni uchun munosib kurashayotganini isbotlaymiz".

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!