
Zinchenko "Manchester Siti"dagi bir yillik golsiz seriyasiga barham berdi
Avval xabar berganimizdek kecha Angliya kubogining 3-raundida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Port Veyl” klubini qabul qildi va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu kuni “shaharliklar” himoyachisi Aleksandr Zinchenko ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli ukrainalik futbolchi shu tariqa “Siti” safidagi 360 kunlik golsiz seriyasiga barham berdi.
Eslatib o‘tish lozimki, Zinchenko so‘nggi bor 2019 yilning yanvarida gol urgan edi.
Ma’lumot uchun, Zinchenko joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 14 ta bahsda maydonga tushdi.
Fikrlar