
"Zenit" o‘z maydonida "Rotor" darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi (video)
Rossiya premer-ligasining 27-turida amaldagi chempion – “Zenit” o‘z maydonida “Rotor”ni qabul qildi.
Sankt-Peterburgdagi o‘yin gollarga boy kechdi va yakunda 6:0 hisobida mezbonlar zafar quchdi. Shu kuni “Zenit”ga g‘alaba keltirgan gollarga Solomon Kverkveliya (45' avtogol), Malkom (56'), Andrey Mostovoy (65'), Artem Dzyuba (75'), Aleksandr Eroxin (77') va Aleksey Sutormin (87') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar