
Zabittserga tanga, Gyulerga 38 ta stakan “uchdi”
Germaniya mezbonlik qilayotgan Evropa chempionatining nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan Avstriya va Turkiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin muxlislarning tartibsizligi bilan esda qoladigan bo‘ldi.
Bild nashrining yozishicha, turklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvda o‘yinchilarga ham oson bo‘lgani yo‘q.
Turkiya terma jamoasini qo‘llab-quvvatlab turgan fanatlar burchak zarbasini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Marsel Zebittserga turli buyumlar uloqtirdi. Otilgan tanga o‘yinchining boshiga tegdi.
Avstriyalik muxlislar ham qarzdor bo‘lib qolgani yo‘q. Ular turklar etakchisi Arda Gyulerga 38 ta plastik stakanlarni uloqtirdi.
Fikrlar