"Yuventus"ning ikki etakchisi safdan chiqdi

  • 11 yanvar, 2021, 11:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" kecha A Seriyaning 17-turida o‘z maydonida "Sassuolo"ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Ammo ushbu g‘alaba turinliklarga qimmatga tushdi. Boisi, shu kuni jamoaning ikki etakchi futbolchisi – Paolo Dibala va Ueston Makkenni jarohat oldi. Ularning ikkalasi ham birinchi bo‘limning o‘zida maydonni tark etdi.

Makkeni o‘rniga 19-daqiqada Aaron Remzi, Dibalaning o‘rniga 42-daqiqada Deyan Kulusevski zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Yuventus” o‘z hisobidagi ochkolar sonini 33 taga etkazib oldi va 4-o‘ringa ko‘tarildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!