"Yuventus"ning ikki etakchisi "Portu"ga qarshi o‘yinda ishtirok etolmaydi

  • 16 fevral, 2021, 21:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi va Paulo Dibala "Portu"ga qarshi bo‘ladigan Chempionlar ligasi 1/8 final dastlabki bahsida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Andrea Pirlo xabar bermoqda.

Tecno

Mutaxassis ta’kidlashicha, o‘yinda ishtirok eta olmasliklariga qaramay, ushbu futbolchilar jamoa bilan Portugaliyaga boradi.

“Bonuchchi va Dibala tarkibda yo‘q, ammo ular ushbu o‘yinga biz bilan birga keladi, chunki ular jamoa bilan birga bo‘lishni xohlashadi. Remzi esa o‘yinga tayyor”, - dedi Pirlo.

Eslatib o‘tamiz, "Portu" — "Yuventus" uchrashuvi 17 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!